Telegram-bot Virtual qabulxona

17.01.2024

ISTEʼMOLCHINING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Oybek MFY Shodlik koʻchasida yashovchi fuqaro Sh.T yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Ushbu murojaatda bayon etilishicha, isteʼmolchi Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan “REACH MAX” MCHJ ga qarashli savdo doʻkonidan xodimlar uchun tibbiyot formasi sotib olgan. Sotib olingan formalarning 16 donasi ayollar formasi 2 720 000 (ikki million yetti yuz yigirma ming) soʻm, 6 donasi erkaklar formasi 996 000 (toʻqqiz yuz toʻqson olti ming) soʻm va 40 000 (qirq ming) soʻm yetkazib berish xizmati (Toshkent-Namangan) uchun jami 3 756 000 (uch million yetti yuz ellik olti ming) soʻm naqd pulda toʻlovni amalga oshirgan. Ushbu xarid qilingan formalarning oʻlchami mos kelmagan, nuqsonli(sifatsiz)lari ham borligi aniqlangan shu sababli, isteʼmolchi formalarni almashtirib olish uchun “REACH MAX” MCHJga qarashli savdo doʻkoniga qaytarib olib borgan, lekin doʻkon xodimlari tomonidan sotilgan mahsulotlar qaytarib olinmaydi deb almashtirib berishdan bosh tortgan. Isteʼmolchi xarid qilingan formalardan oʻlchami mos kelmagan hamda nuqsonli(sifatsiz) mahsulotlarni almashtirib olishda jamiyatdan amaliy yordam berishni soʻragan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat joyiga borib oʻrganildi va isteʼmolchining talabi boʻyicha mahsulotlar almashtirib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00