Telegram-bot Virtual qabulxona

02.03.2022

Ehtiyoting boʼlsa-ehtiyojing boʼlmas

Oʼzbekiston dunyoda ishchi kuchi arzon mamlakatlar sirasiga kiradi. Oʼzbek xalqi mehnatkash. Shunday boʼlishiga qaramay ishlatib, mehnat qildirib ishchisining mehnat haqqini bermay ketadigan kimsalar ham bor oramizda. Bu qonuniy jihatdan ham insoniylik nuqtai nazaridan ham eng notoʼgʼri ish.

 Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi "Roʼzimboy Boltabika" fermer xoʼjaligi bilan Yangibozor "TEKSTIL АGROKLАSTER" masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan oʼzaro shartnoma tuzgan boʼlib, unga koʼra 2021 yil iyul-noyabr oylarida fermer xoʼjaligi paxta dalasida bajarilgan texnika xizmatlar va bu ishlarni bajaradigan mexanizatorlarning ish haqqi kelishib olingan. Аmmo shu bugungi kungacha fermer xoʼjaligi ishchilari bir necha bor murojaat qilishlariga qaramasdan "TEKSTIL АGROKLАSTER" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ularning oylik maoshlari berilmaganligidan norozi boʼlib, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur boʼlishgan.

 Isteʼmolchilarning murojaatlari belgilangan tartibda, shartnomalari asosida bajarilgan ishlari buyicha hujjatlari qayta hisob-kitob qilinib, 24 355 850 so’mni mexanizatorlarga ish haqqi sifatida berishlari lozimligi aniqlandi. Oʼrganish natijasida har ikkala tomonga ham huquqiy maslahatlar berildi. Mexanizatorlarning 4 nafariga 11 100 000 som undirib berildi. Qolgan oylik maoshlarni ham qisqa fursatlarda hal etishga kelishib olindi. “Har kungi vaʼdabozlikdan bir kungi jonbozlik yaxshi” deb bejizga aytishmaganini bu kabi holatlarni kuzatib, iqror boʼlasan kishi.

 

                      Savdogarning hiylasiga “chuv” tushgan isteʼmolchi...

 Xorazm viloyati Yangibozor tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanda yashovchi isteʼmolchi Murod Kazakov murojaat qilgan. U Gurlan tumanidagi “Yo’ldosh” xususiy korxonasi sotuvchisidan “LJ-18” rusumli konditsionerini xarid qilgan. Buni qarangki, “hiylagar sotuvchi” sodda xaridorni aldab, “LJ-18” rusumli havo sovutgichi oʼrniga “Shivaki-12” rusumli konditsionerini berib yuborgan. Uyiga borib, havo sovutgich qadoqdan ochilganida oʼzini yolgʼonga uchraganini bilgan isteʼmolchi mahsulotni sotib olgan korxonasiga murojaat qilgan. Uning talabi qondirilmagach, tanishlarining taklifi bilan tuman Isteʼmolchilar huquqlarin himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan Murod Kazakovning arizasi ijobiy hal etilib, unga yangi “LJ-18” rusumli havo sovutgichi yetkazib berildi.

                   O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

Matbuot xizmati

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00