Telegram-bot Virtual qabulxona

28.08.2023

Elektro generatorda nosozlik aniqlandi

Elektr energiyasi tizimida vujudga keladigan uzilishlar sababli aholi o‘rtasida elektro generator qurilmalaridan foydalanish ommalashgan. Dizel, benzin va turli yoqilg‘i vositalari yordamida ishlab xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlab beradigan ushbu generatorlarning turli rusumdagilarini xarid qilish mumkin.

Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro T.H tumanda joylashgan elektr jihozlari do‘konidan 3 200 000 so‘m evaziga elektro generator (dvijok) xarid qilgan. Ayni elektr energiyasida uzilishlar paytida generator nosozligi aniqlangan. Holat bo‘yicha sotuvchi bilan bog‘langan, ammo muammo bartaraf etilmagan.

So‘ngra Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan. Qorako‘l tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat qisqa fursatda o‘rganilib, iste’molchiga nosoz generator uchun to‘lagan to‘lovi to‘liq qaytarib olib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00