
12.03.2024
Pop tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Bodomzor" MFYda yashovchi M.R.dan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro tumanda joylashgan kredit savdo doʻkonlarining biridan muddatli toʻlov asosida 5 000 000 soʻmga skuter xarid qilgani, lekin ushbu mahsulot nosoz chiqqanligidan norozi ekanligini ma'lum qilgan.
Pop tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyat ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan murojaatda ko'rsatilgan holat yuzasidan o'rganish ishlari o'tkazilib, to'langan pul mablag'i iste'molchiga to'liq qaytarildi.