Telegram-bot Virtual qabulxona

06.04.2023

Kechikkan avtomobil muammosi ijobiy hal etildi

Samarqand viloyatining Narpay tumani “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqaro X.S. shu yilning 29-mart kuni federatsiyaning Telegram boti orqali murojaat yo'llagan.

Unda bayon etilishicha, murojaatchi "Lacetti" 1-comfort plus avtomobilini xarid qilish uchun “Navoiy Avtosavdo” MChJ bilan shartnoma tuzgan. Unga asosan, 115 607 000 so'm to‘lovni amalga oshirgan. Ammo avtomashina shartnomada ko‘rsatilgan muddatda yetkazib berilmagan.

Murojaat Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganilib, “Navoiy Avtosavdo” MChJ rahbarlariga amaldagi qonunchilik talablari, iste'molchining huquq va burchlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, MChJ tomonidan zarur choralar ko‘rilib, avtomobil qisqa muddatda fuqaroga yetkazildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00