
19.01.2024
Xorazm viloyati Xiva tumani Shomaxulum qishlogʻida yashovchi fuqaro X.U. tomonidan federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.
Murojaat mazmuniga koʻra, Iste’molchi Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Umid Avto Companies” MChJga bir necha oy avval avtomashina uchun avans hisobida pul oʻtkazmasini amalga oshirgan, ammo avtomobil shartnomada belgilangan muddatda yetkazilmaganligan noroziligini bildirgan.
Toshkent shahar hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan mazkur murojaat nazoratga olindi va oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada, iste’molchi avans sifatida toʻlagan 103 797 000 (bir yuz uch million yetti yuz toʻqson yetti ming) soʻm mablagʻ uning plastik kartasiga oʻtkazib berildi.