Telegram-bot Virtual qabulxona

15.02.2023

Savdo va umumiy ovqatlanishni tartibga soluvchi qoidalar qabul qilinganiga 20 yil to‘ldi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchi va talabalari hamda ommaviy axborot vakillari ishtirokida “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganiga 20 yil to‘ldi” mavzusida brifing va seminar o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi mazkur qarorining 1-ilovasi bilan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”, 2-ilovasi bilan esa “O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari” tasdiqlangan.  

Qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari” 23 bo‘lim va 190 ta banddan iborat ushbu qoidalar bilan yurtimizda chakana savdo faoliyati tartibga solinadi. Qoidalarning 2 ta ilovasi bor. Xususan:  

- Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati (1-ilova);

- Xaridorning ta’mirlash davrida unga tekin berib turish yoki xuddi shunday marka (model, artikul)dagi tovarni almashtirish to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ro‘yxati (2-ilova).

Ular bilan esa “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasi (Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi) hamda 15-moddasida (Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi) ko‘zda tutilgan normalarni amalga oshirish borasidagi masalalar hal etiladi.

Qarorning 2-ilovasi bilan esa, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy ovqatlanish sohasidagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlariga asosiy talablarni tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari” tasdiqlangan. Qoidalar 3 ta bo‘lim va 27 ta banddan iborat.

Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimiga 2022-yil davomida iste’molchilardan kelib tushgan 840 murojaatning 24,3 foizi hamda respublika bo‘yicha O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimiga kelib tushgan 13 ming 522 murojaatning 49,7 foizi aynan savdo masalalarini tashkil etgani brifingdan qayd etildi.  

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00