Telegram-bot Virtual qabulxona

17.05.2023

944 million pul mablag'i iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Kattaqo'rg'on tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Anvarjon Biznes Invest” MChJ Kattaqo'rg'on tuman filialining 2023-yil yanvar oyida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.

Kattaqo'rg'on tumanida 69 ta MFY mavjud bo'lib, ularning 55 tasi “Anvarjon Biznes Invest” MChJ bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar oyi davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFY larga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, MChJ tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 69 million 460 ming so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00