
06.05.2024
Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Katta bog'" mahallasida yashovchi fuqaro N.M. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro shu yilning 25-mart kuni Yangiariq tuman markazida joylashgan "Ishonch" savdo do'konidan 9 252 054 so'mga kredit asosida "Silver" rusumli kompyuter sotib olgan. Ammo ushbu maishiy texnika vositasi nosoz bo'lib chiqqan. Iste'molchining bu borada mas'ullarga qilgan murojaatlari esa turli bahonalar bilan hal qilib berilmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan holat o'rganib chiqilib, nosoz chiqqan kompyuter yangisiga almashtirilib berildi.