Telegram-bot Virtual qabulxona

12.10.2023

Yana bir savdo do‘konidagi muammo o‘z yechimini topdi

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning 7-moddasida agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘i yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi:

Zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir deya yozib qo‘yilgan. Xuddi shunday muammo bilan Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni” orqali fuqaro A.Allayorov tomonidan ariza kelib tushdi.Unga ko‘ra fuqaro “Munis” savdo do‘konidan shartnoma asosida umumiy qiymati 8 986 000 (sakkiz million to‘qqiz yuz sakson olti ming) so‘mga INDESIT rusumli muzlatgichni sotib olganligi ammo ushbu muzlatgich shartnomada ko‘rsatilganday havo orqali sovutadigan muzlatgich emas aksincha oddiy muzlatgich ekanligidan noroziligini bildirgan.

Murojaat yuzasidan jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va “Munis” savodo do‘koni rahbaryatiga hamda xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qununing tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng “Munis” savdo do‘koni tomonidan sotilgan ushbu muzlatgich qaytarib olindi va shatnoma bekor qilindi. Fuqaro murojaati o‘z yechimini topdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00