
13.10.2023
Uychi tumani "Pastguzar" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Z. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaroning yashash xonadoniga elektr taʼminoti korxonasi xodimi kelib, elektr energiyasidan 300 ming soʻm qarzdorlik mavjud ekanini aytgan. So'ng, murojaatchi 300 ming soʻm qarzdorlik va qoʻshimcha 3 million soʻm to'lovni amalgan oshirgan. Korxona xodimi esa toʻlovlariga chekni ertaga berishini aytgan. Oradan 1 oy vaqt oʻtib, fuqaroning yashash xonadoni elektr energiyasidan uzib qoʻyilgan. Sababi, elektr energiya taʼminoti korxonasi tomonidan 6 million soʻm asossiz qarzdorlik hisoblangan. Iste'molchi mas'ullarga to'lovni ortig'i bilan amalga oshirgani, ammo elektr energiya xodimi tomonidan toʻlov cheklari berilmaganini aytsa-da, muammoga barham berilmagan.
Tuman jamiyati tomonidan holat oʻrganilib, fuqaroning elektr energiya taʼminoti xodimiga bergan 3 million 300 ming soʻmi qaytarildi va 3 million soʻm noreal qarzdorlik ham bartaraf qilindi.