Telegram-bot Virtual qabulxona

29.04.2024

Salkam 3 yarim million so'mlik noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Andijon viloyati tuman, shahar jamiyatlari fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qonun doirasida o‘rganib, ijobiy hal qilib kelishmoqda. 

Jumladan, Baliqchi tumani "Markaz" MFY Usmon Nosir ko‘chasida yashovchi fuqaro I.Q. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko'ra, fuqaro xonadonida foydalanilayotgan elektr energiyasi uchun elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 3 400 000 so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. 

Holat jamiyat mutaxassislari tomonidan qonun doirasida o‘rganilishi natijasida, iste'molchi zimmasidagi asossiz qarzdorlik bartaraf etib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00