07.02.2022
Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Beshkapa” MFYda yashovchi fuqaro Xushboqov Sarvarjon Muzaffar o'g'lining 2022 yil 31-yanvar kuni O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining TELEGRAMM BOTI orqali kelib tushgan murojaatiga ko'ra; Fuqro S.Xushboqov 2021 yilning noyab oylarida o'zining uyi uchun "OMADBEK BEK STROY"oilaviy korxonasiga 6 000 000 so'mga AKFA eshik romlari buyurtma berganligi, ushbu korxona ishchi xodimlari fuqaro uyida bo'lmagan vaqtda sifatsiz AKFA eshik romlarini olib kelib o'rnatib ketganligidan norozi bo'lib murojaat qilgan.
Uzun tuman Istemolchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyati hodimlari ushbu murojaat yuzasidan "OMADBEK BEK STROY" oilaviy korxonasi xodim O.Kamolov bilan fuqaro S.Xushboqovning uyiga borib o'rganishlar o'tkazildi va o'rganish jarayonida 6 000 000 so'mlik sifatsiz AKFA eshik romlari yangisiga almashtirib berildi.