Telegram-bot Virtual qabulxona

12.03.2024

Sifatsiz xizmat uchun to'langan pul mablag'i o'z egasiga qaytarildi

Fuqaro R.S. Yashnobod tumani Lisunova 3 massivida joylashgan ustaxonada avtomashinasining amortizatorini 1 700 000 so'mga ta'mirlatgan. Ammo nosozliklar to'liq bartaraf etilmaganidan norozi bo'lib, federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan.

Ariza tegishliligi yuzasidan Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan  Yashnobod tuman jamiyatiga yoʻnaltirildi. 

Yashnobod tuman jamiyati raisi N.Mirzadiyarov tomonidan murojaat o'rganilib, “Avto mix” MCHJ rahbariga holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻrganishlar natijasida, sarflangan summa toʻliq miqdorda iste’molchiga qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00