Telegram-bot Virtual qabulxona

16.09.2022

Gazdan 39 million soʻm qarzim bor(mi)?

    Gaz, elektr energiyasi, suv... Umuman kommunal toʻlovlardan qarzdor boʻlish kishi dilini hira qiladi.  Yana bu qarzdorlik  haqiqatdan yiroq boʻlsachi, bugun Samarqandda yuz bergan shunday holat xususida maʼlumot beramiz.     Samarqand viloyati, Urgut tumani “Quyi Algar” mahallasida yashovchi H. Roziqulov xonadoniga Tuman Gaz taʼminoti xodimlari tomonidan yangi hisoblagich oʻrnatilgan. Hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng koʻp vaqt oʻtmay, isteʼmolchining yangi hisoblagichi asosida ochilgan hisob raqamiga 42 million soʻm qarzdorlik paydo boʻlib, xonadoni gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilgan. H.Roʻziqulov bu holatga qanday yechim topishni bilmay, tanishlarining maslahatiga koʻra Samarqand viloyati Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Urgut tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari ushbu murojaatni oʻz vaqtida oʻrganib, Gaz taʼminoti xodimlari bilan isteʼmolchining uyiga borib, gaz hisoblagichni qayta hisob-kitob qilishdi. Yakuniy hisobga koʻra isteʼmolchini 39 million soʻm qarzdorligi olib tashlandi. Haqiqatdan mavjud 3 million soʻm qarzdorligi xonadon egalari tomonidan oʻz vaqtida toʻlandi va ularning uylari yana qayta gaz tarmogʻiga ulab berildi. Hurmatli isteʼmolchilar! Doimo oʻz huquqlaringizni bilib, ogoh yashang! Noreal qarzdorliklar borasida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qiluvchilar koʻp va biz Sizni huquqlaringizni tiklashda koʻmak berayotganimizdan mamnunmiz!

 

                                                                   Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

Matbuot xizmati


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00