
10.08.2023
Chortoq tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga mazkur tumanning Navoiy MFYda yashovchi fuqaro E.B. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda bayon etishicha, "GOLDEN NUTS NAMANGAN AGRO TOMORQA XIZMATI" MCHJ tomonidan 8.726.244 soʻm miqdorida imtiyozli kredit shartnomasi imzolangani bunda fuqaro imzosi soxtalashtirilib issiqxona uchun isteʼmolchining xabardorligisiz kredit chiqarilgan.
Isteʼmolchining plastik kartochkasidan mablag` yechib olinganidan so`ng buni payqab qolgan va tuman jamiyatiga murojaat qilgan.
Tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat oʻrganib chiqildi. Tegishli tartibda ko`rib chiqilishi uchun ish fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tuman sudiga yuborildi. Yakunda fuqaroga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash uchun isteʼmolchiga hal qiluv qarori asosida arizasi qanoatlantirib berildi.