16.05.2023
Kattaqo‘rg‘on tuman "Yovi" MFY da yashovchi S.M. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2 oy mobaynida elektr energiya ta'minoti idorasiga qatnaganiga qaramasdan iste'molchining xonadoniga yangi onlayn hisoblagich o'rnatib berilmagan.
Jamiyat mutaxassislari sa'y-harakatlari bilan sarsongarchilikka barham berilib, murojaatchi xonadoniga o‘rnatilgan eski elektr hisoblagich o‘rniga yangi onlayn elektr hisoblagich qo'yib berildi.