02.08.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani “Lalmikor” qoʻrgʻonida yashovchi fuqaro Sardor Tugizboyev tomonidan murojaat kelgan.
Unda qayd etilishicha, “Lalmikor” qoʻrgʻoni hududidagi maishiy texnika savdo doʻkonidan jami 4 million soʻmga “Artel” rusumli sovutgich xarid qilgan, biroz vaqt oʻtib esa muzlatgich nosozligi maʼlum boʻlgan. Isteʼmolchi sotuvchiga maxsulotni boshqa sifatlisiga almashtirishni soʻragan boʻlsada, sotuvchi turli bahonalar orqali almashtirib berishdan bosh tortgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Gʻallaorol tuman jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida, muzlatgich uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarildi.