Telegram-bot Virtual qabulxona

25.10.2022

34 mlrd dan ortiq mablag‘ isteʼmolchilar foydasiga hal etildi

O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2022 yil 9 oyi davomida fuqaro (isteʼmolchi)lardan jami 10777 ta murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 10 087 tasi yaʼni, 93,6 % ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 34 444 266 276 (o‘ttiz to‘rt milliard to‘rt yuz qirq to‘rt million ikki yuz oltmish olti ming ikki yuz yetmish olti) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 72 ta murojaat asosida isteʼmolchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga daʼvo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 989 315 487 (bir milliard to‘qqiz yuz sakson to‘qqiz million uch yuz o‘n besh ming to‘rt yuz sakson yetti) so‘m moddiy va maʼnaviy zararlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga 4 853 ta (jami arizalarning 45,0 %), tabiiy gaz taʼminoti 1086ta (jami arizalarning 10,1 %), elektr taʼminoti sohasiga 980 ta (jami arizalarning 9,1%), kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 244ta (jami arizalarning 2,3%), suv taʼminoti sohasiga 373 ta (jami arizalarning 3,5 %), xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga 357ta (jami arizalarning 3,3 %), transport sohasiga 180 ta (jami arizalarning 2,1 %), aloqa sohasiga 349 ta (jami arizalarning 3,2 %), sog‘liqni saqlash sohasiga 231 ta (jami arizalarning 2,1 %) va boshqa sohalarga 1784ta (jami arizalarning 16,6 %) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00