Telegram-bot Virtual qabulxona

29.08.2023

Yana bir murojaat ijobiy hal etildi

Xatirchi tumani, Avoqli MFYda yashovchi fuqaro B. B. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Xatirchi tuman jamiyatiga 2023-yil 10-avgust kuni tuman markazida joylashgan Idea savdo markazidan 2 178 000 so’mga chang yutgich sotib olganligi lekin ushbu chang yutgich nosoz chiqqanligi bo’yicha savdo markazi mas`ullariga murojaat qilganida ular turli bahonalarni ro’kach qilib fuqaroni ovora qilayotganligi va bu borada uning huquqlarini himoya qilinishini so’rab murojaat qilgan.

Xatirchi tuman jamiyati mutaxassislari fuqaro murojaatini joyiga borib o’rganib, asl holat bilan tanishdilar va Idea savdo markazi mas`ullariga tegishli qonunchilik asoslari bo’yicha huquqiy targ’ibot ishlarini olib borib O’zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to`g’risida”gi va “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g’risida”gi qonunlari talablarini to’liq tushuntirib berdilar. Natijada savdo markazi ma’muriyati tomonidan fuqoroning talabiga binoan narxi 1 478 000 so’m bo’lgan boshqa rusumdagi sifatli chang yutgich olib berildi va qolgan 700 000 so’m naqd puli qaytarib olib berilib B. B. murojaati ijobiy hal etib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00