05.12.2023
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Navoiy shahar jamiyatiga joriy yilning 27-noyabr sanasida Samarqand viloyati Paxtachi tumani Burqut MFYda yashovchi fuqaro N.U.dan murojaat kelib tushgan.
Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro oʻzining shaxsiy ehtiyoji uchun Navoiy shahrida joylashgan savdo doʻkonidan umumiy qiymati 1 450 000 (bir million to‘rt yuz ellik ming) soʻm boʻlgan yarim avtomatik "Avangard" rusumli kir yuvish mashinasini sotib olganligi, isteʼmolchiga mahsulot yashash xonadoniga yetkazib berilganidan soʻng, foydalanish uchun ishga tushirganda, kir yuvish mashinaning avtomatik quritish tizimi bilan bogʻliq muammo boʻlganligidan norozi boʻlib murojaat qilgan.
Fuqoro murojaati jamiyat mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib savdo do‘koni xodimlariga fuqoroning iste‘molchi sifatida huquqlari tushuntirib o‘tilgach.
Sifatsiz kir yuvish mashinasi yangi sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.