Telegram-bot Virtual qabulxona

09.01.2025

Salkam 2 million so'mlik sifatsiz poyabzallar sifatlisiga almashtirildi

Oyoq kiyim sanoati butun dunyo iqtisodiyotida ilgʻor sanaladi. Charmning sifatiga qarab poyabzalning narxi ham oshib boraveradi. Ammo qimmat mahsulot doim ham sifatli boʻladi, degani emas.

Uychi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatda ham aynan shu xususida soʻz boradi. Isteʼmolchi Uychi tumanida joylashgan savdo doʻkonidan 1 800 000 soʻm evaziga o'g'il va qiz bolalar uchun poyabzallar xarid qilgan. Ammo oradan 1 kun oʻtib, nuqsonlari koʻzga tashlangan. Savdo xodimi esa sifatsiz tovarlarni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Uychi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan isteʼmolchi qonuniy manfaatlarini himoya qilinishida amaliy yordam soʻragan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat oʻrganilib, isteʼmolchining sifatsiz mahsulotlari sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00