Telegram-bot Virtual qabulxona

16.11.2023

Salkam 1,5 million so'm soliq asl qarzdordan undirildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Kichik Jomashuy" MFY da yashovchi fuqaro H.F.dan yozma murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, murojaatchi bir necha yillar oldin o'z xonadonini fuqaro S.D.ga sotgan. Ammo uyni sotib olgan shaxs hozirgi kunga qadar mol-mulk va yer soligʻi uchun toʻlovlarni toʻlamay kelayotganligi sababli, murojaatchi nomiga 1 295 000 soʻm qarzdorlik hisoblangan.

Jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, hozirgi kunda xonadonda yashab turgan fuqaro S.D. dan 1 295 000 soʻm qarzdorlik undirildi va fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00