Telegram-bot Virtual qabulxona

29.03.2022

Chirchiqda “Institut olimpiadasi” boʻlib oʻtdi

  “Uchishga qanot kerak, oʻqishga esa toqat...” Har bir yigit-qizni hayot ostonasida baxt manziliga yetaklaydigan kuch-ilmdir. Yoshlarni oila va butun jamiyat oʻqishga, hunar egallashga undasagina ilmli, salohiyatli insonlar ulgʻayib, mamlakat rivojiga erishish mumkin. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Institut akademik litseyi hamda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorlikda iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida “Institut olimpiadasi” oʻtkazishdi. Chirchiq shahridagi 23 ta umumtalim maktablari oʻquvchilari 6 ta: ona tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari boʻyicha olimpiadada ishtirok etishib, oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Shahar Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli  umumtaʼlim maktablaridan 1000 nafarga yaqin 7-8-9 sinf oʻquvchilari ushbu fan olimpiadalarida qatnashdi.

Olimpiada natijalariga koʻra 6 ta fandan 1-oʻrinni 24 nafar, 2-oʻrinni 44 nafar, 3-oʻrinni 42 nafar oʻquvchilar egalladilar.

Gʻolib oʻquvchilar Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan diplom, estalik sovgʻa va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi. Ilmga chanqoq, maqsadlar uchun odimlayotgan oʻquvchilar uchun eng yaxshi sovgʻa bu-kitobdir! Ota-onalarning ham kelajak uchun qilayotgan eng yaxshi investitsiyasi farzandlarining taʼlim olishi uchun sarflayotganidir. Federatsiya ham yoshlar qalbida oʻqishga, intilishga ozgina boʻlsada hissa qoʻshishdek ezgulikdan umidv


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00