Telegram-bot Virtual qabulxona

21.01.2025

16 million so'mlik nosoz motosikl sifatlisiga almashtirib berildi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi M.T. “Amina motors” MCHJ dan 16 000 000 so’mga motosikl xarid qilgan, ammo biroz vaqt o’tgandan keyin yaroqsiz holatga kelganligi sababli, almashtirib berishni yoki pulini qayrarishni so'raganida rad javobini olgan.

Fuqaroning shu masalada qilgan murojaati O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Gurlan tuman jamiyati xodimlari tomonidan o’rganib chiqildi. Murojaatdagi holat bo’yicha “Amina motors” MCHJ ishchi xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, iste'molchi xarid qilgan 16 000 000 so’mlik nosoz motosikl yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00