
08.01.2025
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch raqami orqali 2024-yilning 17-dekabr sanasida Qiziltepa tumani "Bo‘lakrabot" mahallasida yashovchi fuqaro X.B.ning qoldirgan murojaati tegishliligi bo'yicha Qiziltepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatda keltirilishicha, fuqaro tuman markazida joylashgan savdo do‘konidan muddati to‘lov asosida xarid qilgan, umumiy qiymati 7 000 000 so‘m bo‘lgan tikuv mashinasi nosoz holatga kelib qolganligi bois, tadbirkorga murojaat qiladi va tadbirkor ta’mirlab berishini aytib olib ketadi, biroq oradan bir-necha oy o‘tsa-da, tikuv mashinasi qaytarib berilmaydi.
Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil o‘rganilib, tadbirkorga fuqaroning iste’molchi sifatidagi haq-huquqlari, sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari hamda O‘zbekiston "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 15-moddasiga ko‘ra, “Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste’molchi tegishli talab qo‘ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, o‘n kun ichida bepul bartaraf etishi lozim”ligi batafsil tushuntirib o‘tilgach, tadbirkor tomonidan tikuv mashinasi ta’mirlanib soz holatda o‘z egasiga topshirildi.