Telegram-bot Virtual qabulxona

22.08.2023

Iste`molchiga sug‘urta mukofot puli olib berildi

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro U.Q. anchadan buyon yechilmagan masala yuzasidan murojaat yo‘lladi.

Murojaatda keltirilishicha fuqaro “O‘zmilliybank” AJ Zarafshon filialidan narxi 128 645 000 (bir yuz yigirma sakkiz million olti yuz qirq besh ming) so‘m bo‘lgan Cobalt avto transport vositasini sotib olganligi va “Garant Insurance Group” Sug‘urta Markazi Zarafshon filiali bilan sug‘urta shartnomasini tuzganligi ushbu sug‘urtaning muddati 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 30-iyungacha etib belgilanganligi fuqaro esa ushbu muddatni kutmasdan to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lishiga qaramay sug‘urta kompanyasi tomonidan sug‘urta mukofot puli ya’ni 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘m har xil bahonalar qilinib, haligacha to‘lab berilmaganligidan noroziligini bildirib o‘tgan.

Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va “Garant Insurance Group” Sug‘urta Markazi Zarafshon filiali bilan bog‘lanildi ammo ushbu filial o‘z ish faoliyatini tugatganligi bois fuqaro murojaati yuzasidan Navoiy viloyati filiali bilan bog‘lanildi va ularga O‘zbekiston Respublikasi. “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi.

Shundan so‘ng fuqaro U.Q.ga sug‘urta mukofot puli to'liq shaklda olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00