15.05.2023
Ishtixon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Toza hudud” DUK Ishtixon tuman filialining 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.
Ishtixon tumanidagi MFY lar “Toza hudud” DUK bilan shartnoma imzolagan, ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFY larga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 496 393 628 so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.