Telegram-bot Virtual qabulxona

08.09.2021

Urugʻlik kartoshka uchun olingan qariyb 25 million soʻm mablagʻ isteʼmolchi foydasiga hal etildi

Samarqand viloyati hokimi onlayn qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaat Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Bulungʻur tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganildi.

Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi “Dostonbek Najmiddin chorvasi” fermer xoʻjaligi raisi F.Boymurodov 2020-yil 10-iyunda Toshkent shahrida joylashgan “Sifatli Ekspres” MCHJ bilan urugʻlik kartoshka olish boʻyicha jami 24 700 000 (yigirma toʻrt million yetti yuz ming) soʻmlik shartnoma imzolab, mablagʻni fermer xoʻjalik hisob raqamidan koʻchirib bergan. Tuzilgan shartnoma bandlari boʻyicha talablar “Sifatli Ekspres” MCHJ tomonidan yetkazib berilishi koʻzda tutilgan kartoshka urugʻlari oradan bir yil vaqt oʻtsa hamki, keltirib berilmagan. Isteʼmolchi F.Boymurodov bir necha marotaba “Sifatli Ekspres” MCHJga murojaat qilgan boʻlsa-da, turli bahonalarni roʻkach qilgan.

Oʻrganishlar natijasida, “Sifatli Ekspres” MCHJ va “Dostonbek Najmiddin chorvasi” fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnoma haqiqatda bir yil avval tuzilgani aniqlandi. Qonun buzilish holatlari yuzasidan “Sifatli Ekspres” MCHJ bilan tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida, “Dostonbek Najmiddin chorvasi” fermer xoʻjaligiga 7 tonna 500 kg urugʻlik kartoshkasi yetkazib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00