Telegram-bot Virtual qabulxona

01.07.2024

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Navoiy shahar "Bunyodkor" mahallasida yashovchi fuqoro X.R. xonadonida qo‘shimcha qurilish qilish uchun YaTT A.Qaxxorovdan 2 500 dona g‘isht olish uchun 900 000 so‘m to‘lov qiladi. Biroq tadbirkor kelishilgan muddatda mahsulotni yetkazib berish o‘rniga turli xil bahonalar qilib iste’molchini ko‘p ovvora qiladi. Fuqaro buzilayotgan huquqlari himoya qilinishida yordam so‘rab Karmana tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan.

Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish jarayonida tadbirkorga xizmat ko‘rsatuvchining majburyatlari, iste’molchining qonuniy huquqlari va bu borada qonunchilik oqibatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirildi, bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan tadbirkor o‘sha kunning o‘zidayoq 2500 dona g‘ishtlarni belgilangan manzilga yetkazib berdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00