Telegram-bot Virtual qabulxona

15.08.2024

Iste'molchi xarid qilgan 3,5 million so'mlik bochka sifatlisiga almashtirildi

Boysun tumani “Toqchi” mahallasida yashovchi fuqaro N.R. tumanda joylashgan “Istiqlol” qurilish mollari savdo do‘konidan xonadoni uchun narxi 3 500 000 so‘m bo‘lgan 4000 l sig‘imli bochka xarid qiladi. Uni uyiga olib kelib ko‘zdan kechirish jarayonida idishda yoriq borligi ma’lum bo‘ladi. Do‘kon sotuvchilaridan mahsulotni  sifatlisiga almashtirib berishlarini talab qiladi. Ammo sotuvchilar turli xil bahonalarni ro‘kach qilib, ushbu talabni rad etadi.

Tuman hududiy birlashma xodimlari ushbu holatni o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuningdek, iste’molchi xarid qilgan bochka sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00