Telegram-bot Virtual qabulxona

23.10.2023

Sifatsiz chiqqan shifer puli iste'molchiga to'liq qaytarildi

Buvayda tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Uzumzor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi U.X.ning xarid qilgan shiferlari nuqsonli chiqqani va bu borada sotuvchiga bildirgan e'tirozlaridan natija bo‘lmayotgani xususidagi og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Unga ko‘ra, fuqaro yashash hududidagi savdo do‘konidan 44 dona shiferni 51 000 so‘mdan, jami 2 244 000 so‘mga xarid qilgan. Sentabr oyi boshlarida yangi uyning tomiga o‘rnatilgan shiferlar oradan 15 kun o‘tib, yorilib ketgan. Bu borada sotuvchiga qilgan e'tiroz va qonuniy talablaridan esa natija bo‘lmagan.

Murojaatni o‘rganish davomida savdo do‘koni sotuvchisi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Yuzaga kelgan holatda iste'molchining qonuniy talabi va mazkur talabni e'tiborsiz qoldirishning huquqiy oqibatlari bo‘yicha berilgan tushuntirishlar kor qilib, iste'molchiga nuqsonli chiqqan tovarning pulini to‘liq qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00