Telegram-bot Virtual qabulxona

31.07.2024

Sifatsiz santexnika jihozlari uchun to'langan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Karmana tumanida yashovchi fuqaro X.G. tumanda joylashgan qurilish mollari do‘konidan 4 640 000 so‘mga santexnika jihozlari xarid qilgan. Ulari o‘rnatish jarayonida qurilmalarning sifatsizligi ma'lum bo'lgan. Tadbirkor ushbu mahsulotlarni qaytarib olishdan bosh tortgach, yordam so‘rab, federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan.

Karmana tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, isteʼmolchi daʼvosi haqqoniyligi aniqlandi. Tadbirkorga qonuniy tushuntirish ishlari olib borilgach, isteʼmolchiga sifatsiz santexnika jihozlari uchun to'lagan 4 640 000 so‘m pul mablag'i to‘liq qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00