Telegram-bot Virtual qabulxona

07.07.2023

5 yarim million so‘mlik nosoz muzlatkich bepul ta’mirlandi

Joriy yilning 3-iyul kuni Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Yangi Zarafshon" MFYda yashovchi fuqaro P.A. tomonidan ariza kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro markaziy buyum bozorida joylashgan savdo do‘konlarining biridan 5 million 400 ming so‘mga muzlatkich sotib olgan. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, maishiy texnika nosoz holga kelib qolgan.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, savdo do‘koni xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi va muzlatkich servis xodimlari tomonidan bepul ta'mirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00