Telegram-bot Virtual qabulxona

30.03.2023

79 500 000 so‘mlik sifatsiz mebellar to'plami yangisiga almashtirib berildi

Toshkent shahar Yunusobod tumani "Mashinasozlar" ko‘chasida yashovchi fuqaro M.R. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro 2022-yilning avgust oyida Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida joylashgan “Mondelux Kitchen” MCHJdan jami 79 million 500 ming so‘mlik oshxona mebellari to‘plamini xarid qilgan. Mazkur mebellarning granit tosh qismi sifatsiz bo‘lgani sababli, fuqaro uni almashtirib berish uchun MCHJ rahbariyatiga bir necha marta murojaat qilgan, lekin muammo o‘z yechimini topmagan.

“Mondelux Kitchen” MCHJning bosh korxonasi Samarqand viloyatida joylashganligi bois, mazkur murojaat Samarqand shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ma’sul xodimlari tomonidan o‘rganildi. Natijada, MCHJ rahbar va xodimlariga amaldagi qonun talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, 30-mart kuni iste'molchining xarid qilgan mebellar to‘plami yangisiga almashtirilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00