Telegram-bot Virtual qabulxona

21.06.2024

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani "Qadriyat" mahallasida yashovchi fuqaro A.D. tumandagi  savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 9 million soʻmga "Artel" rusumli muzlatgich xarid qiladi. Mazkur maishiy texnikadan bir necha oy foydalangach, unda nosozliklar kuzatiladi. Bu haqda savdo doʻkoni mas'ullariga murojaat etgan fuqaroga servis xizmatlari pullik tartibda amalga oshirilishi ma'lum qilinadi.

Ushbu holatdan norozi boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qiladi.
Murojaatni oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi va muzlatgich bepul ta'mirlab  berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00