Telegram-bot Virtual qabulxona

17.05.2023

Iste'molchi nomiga noqonuniy rasmiylashtirilgan shartnoma bekor qilindi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Avval" mahallasida yashovchi K.N. murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro qish oylarida shahardagi "Texnomart" kredit savdo do‘konidan 2 ta elektr isitish jihozini muddatli to'lov sharti asosida 4 million 418 ming so‘mga sotib olgan. Lekin foydalanish mobaynida isitish jihozi talab darajasida ishlamagach, murojaatchi tomonidan 3 kunlik muddatda tovar do‘konga qaytarilgan. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, iste'molchining plastik kartasidan pul yechib olingan. Ma'lum bo'lishicha, savdo do'koni fuqaro nomidagi shartnomani bekor qilmasdan, o'rniga 1 ta mini pech va 1 ta changyutgich texnika vositalarini rasmiylashtirib yuborgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida savdo do‘koni rahbari nomiga amaldagi qonunning 8-moddasi (sotuvchi tomonidan iste'molchiga tovar topshirilmagan) va 21-moddasi (ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinmaydi) talablari asosida so‘rov xati kiritildi. Sotuvchidan esa shahar jamiyati so‘rov xati o‘rganib chiqilgani, o‘rganish natijalariga ko‘ra, 05.02.2023 yil kunidagi 10UT-000750-sonli shartnoma bekor qilingani hamda bank plastik kartasidan yechilgan 241 ming so'm pul mablag‘i iste'molchiga qaytarilishi bo‘yicha rasmiy javob xati kelib tushdi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00