Telegram-bot Virtual qabulxona

21.09.2021

Suv nasos sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi

Bugun kundalik hayotimizda maishiy tehnika bilan bogʻliq koʻplab muammolar uchrab turibdi. Bunga sabab esa, maishiy savdo doʻkonlari orqali mahsulot xarid qilganda koʻpchilik isteʼmolchilar uning sifati, yaroqlilik muddati, xattoki, necha amper kuchlanishda ishlashi haqida umuman qiziqmaymiz, mahsulot qanchalik arzon boʻlsa, bir mahsulot puliga ikkita mahsulot harid qilish bizning odatiy shiorimizga aylanib ulgurganligidadir.  Biroq, mahsulot sifatsiz chiqqanida esa albatta ishlab chiqaruvchi kompaniya yoki sotuvchiga aybni agʻdarib qoʻyamiz.
Xususan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham shu bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu kabi murojaatlardan biri, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi fuqaro Z.Fatullayeva tomonidan kelgan boʻlib, unda qayd etilishicha, isteʼmolchi, Gʻijduvon tumanmarkazida joylashgan “Mega stroy” savdo doʻkonidan 6.657.000 (olti million olti yuz ellik yetti ming) soʻm evaziga bir guruh maishiy texnika mahsulotlarini xarid qilgan, biroq, mazkur mahsulotlardan biri “370 VT” rusumli suv nasosi sifatsiz chiqqan.
Sotuvchiga mahsulot sifatsiz ekani haqida bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada, murojaat eʼtibordan chetta qolgan.
Murojaat Federatsiyaning Gʻijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, suv nasosi tadbirkor tomonidan sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00