
19.09.2024
Uychi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Hurriyat" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro J.M.ning skuter uchun muddatli toʻlov asosida shartnoma tuzganligi, biroq uning narxi qimmat boʻlganligi va kredit foizining balandligi sababli, tuzilgan shartnomani bekor qilishda muammolarga duch ketayotganligi xususida qoldirgan murojaati oʻrganildi.
Isteʼmolchi tumandagi "Yuksalish" savdo doʻkoni bilan shartnoma tuzgan. Ammo shartnoma shartlarida koʻrsatilgan narxlar va kredit foizlarining balandligi sababli, shartnomani bekor qilishlarini soʻraganida savdo doʻkoni mutasaddilari uning eʼtirozi nooʻrinligi va shartnomani bekor qilishning iloji yoʻq ekanligini taʼkidlab, fuqaro talabini qanoatlantirmagan.
Murojaatni oʻrgangan soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorga isteʼmolchining qonuniy huquqlari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi. Shundan soʻng, umumiy qiymati 24 million soʻm boʻlgan kredit shartnomasi bekor qilindi.