
21.08.2023
Isteʼmolchilar federatsiyasi Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyatiga “Yangiqo‘rg‘on” MFY da yashovchi fuqaro O.X nomidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatga ko‘ra, fuqaro xonadoni tabiiy gaz taʼminotidan 10.800.000 so‘m miqdorida qarzdorligi bois tarmoqdan uzilgan. Ushbu qarzdorlik noreal ekanligi yuzasidan fuqaro ko‘p marotaba gaz taʼminoti korxonasi xodimlariga murojat qilgan ammo, muammo o‘z yechimini topmagach, Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyatiga yozma ariza qoldirishga majbur bo‘lgan.
Holat bo‘yicha jamiyat mutaxassislari vakolat doirasida o‘rganib chiqib, fuqaro O.X ning nomidan noreal qarzdorligi to‘liq o‘chirilib tarmoqqa qayta ulanishi taʼminlandi.