Telegram-bot Virtual qabulxona

12.04.2023

“Namangan Musaffo Iqlim” mojarosi tugamadi(mi): 217 milliondan ortiq mablag' qayta hisob-kitob qilindi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi aholi tomonidan “Namangan Musaffo Iqlim” MChJ Mingbuloq tumani filialining oʻtgan yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmatni koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.

Mingbuloq tumanida jami 40 ta MFY mavjud boʻlib, ulardan 17 tasi “Namangan Musaffo Iqlim“ MChJ bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muammolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida MFY larga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, MChJ tomonidan toʻliq va sifatli xizmatlar koʻrsatilmagani sababli, 2023-yil yanvar, fevral oylari uchun jami 43 516 ta fuqaro tomonidan toʻlangan 217 580 000 soʻm miqdoridagi mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00