Telegram-bot Virtual qabulxona

06.10.2023

Xariddan so‘ng nuqsoni aniqlangan tovarning puli qaytarildi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning Ibn Sino ko‘chasida yashovchi U.Sh.ning 600 000 so‘mga xarid qilingan ayollar kostyum-shimida nuqson aniqlangach, uni sotuvchiga qaytarishda muammo yuzaga kelayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchiga ko‘ra, u shahardagi "R. A." savdo do‘konidan qizining sarposi uchun 600 ming so'mga xarid qilgan kiyimning shimida nuqson mavjudligini aniqlagan. Do‘konga kelib, tovarni almashtirish yoki pulini qaytarilishini so‘raganida sotuvchi o‘rniga boshqa tovar berishini aytgan. Lekin do‘konda iste'molchi so‘ragan fasondagi boshqa shunga o‘xshash tovar topilmagan. Qonunning bunday hollarda pul qaytarilishi lozimligi bo‘yicha talabi esa bajarilmagan.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish davomida savdo do‘koni nomiga xat kiritib, yuzaga kelgan holatda qonun talablari va mazkur talablarni bajarilmasligi natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar yuzasidan ogohlantirish berganlaridan so‘ng, iste'molchining 600 000 so‘m puli o‘ziga qaytarib olib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00