Telegram-bot Virtual qabulxona

16.07.2024

8,5 million soʻmlik nosoz skuter yangisiga almashtirildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal'a tumani "Boʻston" shahri "Ipak yoʻli" savdo do'konidan 8 million 500 ming soʻmga sotib olingan skuter koʻp foydalanilmasidan buzilib qolgan. Uni sotib olgan iste'molchi savdo do'koniga ushbu masala yuzasidan murojaat qilgan, ammo xodimlar servis xizmatini koʻrsatmagan va fuqaro tegishli tashkilotga murojaat qilishga majbur bo'lgan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ellikqal'a tumani jamiyati tomonidan ushbu murojaat atroflicha o'rganib chiqildi va fuqaroning iste'molchi sifatida huquqlari tiklanib, nosoz skuter yangisiga almashtirilib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00