
03.11.2023
To‘raqo‘rg‘on tuman iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi fuqaro M.I. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Gap shundaki, fuqaro yangi uy sotib olish uchun "Dilmurod Mega Fayz" MCHJ bilan shartnoma tuzgan va 65 000 000 so‘m boshlang'ich to‘lovni amalga oshirgan. Shartnomada kelishilgan vaqtda uy qurib bitkazilmaganligi sababli, fuqaro to‘langan mablag‘ni qaytarib berishini talab qilgan, ammo MCHJ tomonidan pullar qaytarilmagan.
Holat yuzasidan ijro etuvchi apparat tomonidan tegishli tartibda sudga da‘vo arizasi kiritilib, natijada, MCHJdan fuqaro foydasiga 65 million so‘m moddiy zarar, davlat foydasiga 2 million 600 ming so‘m davlat boji undirildi.