28.04.2023
Xorazm viloyati Gurlan tumani "Vazir" mahallasida yashovchi D.B. Xorazm viloyat IHHQJ hududiy birlashmasiga og'zaki murojaat yoʻllagan.
Unga ko'ra, fuqaro Urganch shahridagi tadbirkordan yer haydaydigan mini traktor ehtiyot qismini 3 000 000 soʻmga xarid qilgan. Sotib olgan ehtiyot qismi oradan ko'p o'tmasdan, nosoz holga kelib qolgan. Fuqaro darhol sotuvchi bilan bogʻlanib, holat yuzasidan e'tiroz bildirgan, ammo sotuvchi har xil bahonalarni roʻkach qilib, uni eshitishni ham istamagan.
Murojaat hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va u xarid qilgan 3 000 000 soʻmlik ehtiyot qism puli iste'molchiga qaytarib olib berildi.