Telegram-bot Virtual qabulxona

10.03.2022

Isteʼmolchining uskuna uchun toʼlagan 22 million soʼmi olib berildi

 Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi xodimlari har kuni oʼnlab murojaatlarni koʼrib, oʼrganib chiqadi. Аrizalarni ijobiy hal etish orqali insonlarning muammolariga yechim topish har bir xodim uchun masʼuliyatli vazifadir. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi fuqaro S. Аrzievaning isteʼmolchi sifatida buzilgan huquqini tiklash uchun qoldirgan murojaati Toshkent shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʼrganildi. Murojaatchi oʼz arizasida Toshkent shahridagi doʼkonlardan biridan 22000000 soʼmga muzqaymoq apparati sotib olganini bildiradi. Biroq ushbu apparat nosoz chiqqan. Xaridor S.Аrzieva qancha saʼy-harakat qilmasin uskuna uchun toʼlagan mablagʼini qaytarib ololmagan. Koʼplab isteʼmochilarning murojaati qatori bu masala ham ijobiy yechim topdi. Isteʼmochiga muzqaymoq ishlab chiqaradigan uskuna uchun toʼlagan 22000000 soʼm doʼkon egalari tomonidan qaytarib olib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00