18.03.2022
Soʻngi paytlarda pandemiya sharoiti, dunyo siyosiy maydonidagi vaziyatlar sabab isteʼmolchilarni aviachiptalar, qoldirilgan aviqatnovlar bilan bogʻliq bir qancha muammolar qiynab kelmoqda. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Bosh Prokuratura “ishonch telefoniga” qoʻngʻiroq qilgan Jizzax viloyati Bahmal tumani “Qoʻshchinor” MFY da yashovchi 10 nafar fuqaroning murojaati kelib tushgan. Ushbu arizalarni Samarqand shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari oʻrganishdi. Boisi ushbu fuqarolar Samarqand shahri, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 112-uyda joylashagan “Quality Travel Group” aviakassasidan Rossiya Federatsiyasiga uchish uchun (4 300 000 ming soʻmdan) 10 kishi 43 millionga aviachiptalar xarid qilishgan. Maʼlum sabablarga koʻra ular Rossiyaga uchmaydigan boʻlgach, chipta uchun toʻlagan pullarini qaytarib olishmoqchi boʻlishgan. Ammo qanchalik harakat qilishmasin, aviachipta uchun toʻlagan pullarini aviakassa xodimlari turli vajlar bilan berishmagan. Samarqand shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari “Quality Travel Group” aviakassasi rahbariyatiga qonuniy jihatdan tushuntirib, isteʼmolchilarning huquqlarini buzishayotganini bildirgach, aviakassa 10 nafar isteʼmolchiga chipta uchun toʻlagan 43 million soʻmini tezkorlik bilan qaytarib berishdi.