
18.08.2023
Olot tumanida yashovchi isteʼmolchi S.Sh tuman dehqon bozori yonida joylashgan xoʼjalik mollari doʼkonidan 900 000 soʼm evaziga o`t o`rish moslamasini xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʼtmasidan qurilmada nosozlik yuzaga kelgan. Fuqaro sotuvchini bu borada xabardor qilishiga qaramasdan hech qanday ijobiy yechim kuzatilmagan. Soʼngra yordam soʼrab Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilishga majbur boʼlgan.
Olot tuman jamiyati raisi va xodimlari ishtirokida murojaat qonuniy oʼrganib chiqilib, oʼt oʼrish moslamasi haqiqatda nosozligi aniqlandi. Tadbirkorga isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari tushuntirilib, isteʼmolchiga toʼlov toʼliq qaytarib olib berildi.