
20.06.2023
Yangiqo'rg'on tumani "Zarkent" qishlog'i "Madaniyat" MFYda yashovchi fuqaro Sh.Q. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2022-yil 16-sentabr kuni “Damas” rusumli avtomashina sotib olish uchun "Avtokarpark" avtosaloni bilan shartnoma tuzgan va 86 971 000 so'm to'lovni amalga oshirgan. Shartnomaga ko'ra, avtomobil 2023-yilning 30-apreligacha egasiga yetkazilishi belgilangan bo'lsa-da, shu vaqtga qadar mashinadan darak bo'lmagan.
Ushbu murojaat bo'yicha Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, avtosalon ma'muriyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, iste'molchiga "Damas" avtomobili yetkazilishiga erishildi.