
14.02.2024
Joriy yilning 5-fevral kuni Zarafshon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Sh.A. yozma ariza bilan murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahri markaziy buyum bozorida joylashgan savdo dokonidan narxi 9 000 000 so'm bo'lgan mebel jihozlari sotib olgani, ammo buyurtma uyga yetkazilganida o'zi tanlagani emas, boshqa turdagi mebel olib kelingani va unda ko'plab kamchiliklar borligidan noroziligini bildirgan.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va sotuvchiga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o'tildi. Shundan so'ng, iste'molchiga mebel uchun amalga oshirgan to'lovi ya'ni 9 000 000 so'm pul mablag'i to'liq shaklda qaytarib berildi.